16. «Antiqa» pirog
Bu pirogning antiqaligi shundaki, un qo’shilmaydi.Judayam foydali, qon ko’paytiradigan pirog. Buning retseptini bergan maktabdoshim, kursdoshim, dugonam Komola Ostonvaga alohida rahmat deyman. Bunaqangi antiqa retsept uchun. Dugonam ham televizorda ko’rgan ekan. Bu pirogni 12 yil oldin retseptini olgan edim, shunaqangi oson tez tayyorlanadiki hattoki qog’ozga ham yozvomasdan retseptini yodlavogan edim. Oradan shuncha vaqt o’tsa ham hech esimdan chiqmaydi. Demak tayyorlashni boshladim.
Kerakli mahsulotlar: 1 kosa tozalangan bodom( bodom o’rniga bir safar pista solgandim, unning ham mazasi juda zo’r chiqgandi)
1 kosa tozalangan yong’oq
2 ta plitka shokolad
3 osh qoshiq shakar
3 ta tuhum
50 gr saryog’ ( man shedroe leto margarin ishlatdim)
Birinchi bo’lib bitta plitkani, yong’oqni, bodomni qiymalagichdan chiqardim.
Alohida idishda margarinni eritib oldim va tuhum, shakarni qo’shib ikserda ko’pirtirdim.
Ikkinchi plitkani maydaroq bo’laklarga bo’ldim.
Mana shu mayda to’g’ralgan shokolad pirogda erimasdan pishadi. Hammasini birga aralashtirdim.
Tayyor bo’lgan massani 24 dmli qolipga soldim.
180 darajada oldindan qizib turgan pechga 40 minutga qo’ydim. Pishgan pishmaganini yana tekshirib ko’rasiz.
Mana » Antiqa» pirog ham tayyor. Bu pirog judayam quvvatli bo’lgani uchun, krem ortiqcha bezatishlarni keragi yo’q. Kichkinagina bo’lagi juda ham to’yimli. Ayniqsa orasida erimagan shokoladlari, yong’oq va bodom bilan birga uyg’unlashib juda ham antiqa maza beradi.
2 thoughts on “16. «Antiqa» pirog”
Mmmmm, quvvatijonakande dugosh 🙂
Ha, judayam quvvatli. Shu pirogni nima deb nomlasam ekan deb o’ylab yurgandim. Ajib nomlab qo’yding, dugosh.
Comments are closed.