14. Uy palovi

14. Uy palovi

tayyor palov
Albatta osh qilishni har bir o’zbek bekasi biladi. Lekin hammaning tayyorlash usuli har hil. Har gal osh qilganimda albatta nohotli qilar edim, lekin to’satdan oilamdagilardan oshga buyurtma tushgani uchun bu gal nohotsiz qildim. Demak tayyorlashi boshladim.

Kerakli mahsulotlar

  • 6-7 dona kattaroq sabzi
  • 0,5 kg go’sht
  • 1 ta piyoz
  • 3 cho’mich yog’
  • dumba
  • 700 gr guruch. ( oilada 4 kishimiz shiga mo’ljallab qildim)
  • zira

Avval ishni qizib turgan qozonga dumbani to’g’rab soldim, uni yog’i chiqgandan so’ng jizzalarini ovoldim.

jizza
Ustiga 3 cho’mich yog’ soldim. Keyin piyozni kattaroq qilib yarim parrak qilib to’g’rab soldim.

qovurilayotgan piyoz
Ketidan go’shtni ham soldim. Go’sht tuzlangan bo’lsa yaxshi, agar tuzlanmagan bo’lsa yaxshilab tuz sepib keyin yog’ga solsak go’shtga maza kirib qovriladi. Buvim shunday der edilar. Man oshga go’shtni tuzlab qo’yaman, bir ikki kun avval.

palov tayyorlanish jarayoni
Palovimizni rangi piyozimizni qovirishimizga bog’liq. Oilamga qoraroq osh yoqadi, shuning uchun piyoz qizarguncha sabzilarni to’radim.

Piyoz yetarlicha ranga kirgandan so’ng, to’g’ralgan sabzilarni solamiz.

palov tayyorlanish jarayoni
Sabzinni solgandan so’ng, bir martda aralashtirib o’rta olovda qo’vuramiz, ko’p aralshtirmaymiz, sabzilar ezilib ketadi. Mana bu rasmda hali sabzilarimiz yetilmagan.

palov tayyorlanish jarayoni
Sabzini suvlari chiqib, qaylaning yog’i ajrab chiqguncha pastroq olovda qovrilib turgani yaxshi. Darrov suv solsak, sabzi qaynatilgan sabzili palov bo’ladi. Qovurilib tursa yog’lariga mazasi chiqib yanada mazali bo’ladi.
Mana sabzilarimiz ham qovrilib olindi, endi suv solsak bo’ladi.

palov tayyorlanish jarayoni

Palov yaxshi, mazali va go’shtlari yaxshi pishishi 1- 1,5 soat qaynashi kerak. Palovninng qaylasi qaynavokkan paytda chesnok, behi, garimdori solsa bo’ladi. Lekin chesnok palovni bo’shashtiradi.

palov tayyorlanish jarayoni

Mana palovning eng muhim jarayoni bu damalsh. Guruchni yuvib, shaqillab turgan qaylasiga solamiz.
Guruch solganimizdan so’ng, tahminan ustini ko’mar ko’mmmas suv bo’lishi kerak.  Guruch solganimizdan so’ng palovga maza beradigan ziradan solamiz.

palov tayyorlanish jarayoni

Agar suv ko’pligini sezsangiz, suvidan ovoling, bo’lmasa osh bo’sh bo’lib sho’laga o’xhsab qolishi mumkin. Suvni suyuq ovqatga ishlatvorsez bo’ladi. Eng baland olovda qaynatamiz. Faqat guruchlar bir hilda pishishi uchun adarib, yuzasini aralashtirib turamiz. Suvi shimilishni boshlaganda kapkir bilan guruchlarni o’rtaga yig’amiz, va o’rtasidan teshikchalar ochamiz, chunki orasidagi guruchlarga suv yaxshi kirib bir hilda pishishi uchun.

palov tayyorlanish jarayoni

Rasmda ko’rinib turibdiki, guruchlar hali suvni yaxshi shimib olmagan. Teshiklarini yana yopib guruchni astalik bilan yana bir tekisda yoyvoramiz. Guruch soganimizdan so’ng damlagunimizcha eng baland olovda bo’lishi kerak, guruch suvni yaxshi shimib olishi uchun.  Yana guruchlarni qozonning o’rtasiga yig’amiz, teshikchalar ochamiz.

palov tayyorlanish jarayoni
Mana rasmda ko’rib turganizdek yog’i chetiga  ajrab chiqdi. Endi damlasak bo’ladi. Guruch pishar pishmas bo’lib turadi. Agar guruch yaxshi yetilmagan bo’lsa, yana ozgina suv solsa bo’ladi. Damlanganda parlanib maromiga yetishi uchun.  Teshiklarni nomiga yopib, yaxshilab qopqog’ini yopib qo’yamiz. Eng past olovda 20 daqiqa damlab qo’yamiz.

palov tayyorlanish jarayoni
20 daqiqadan so’ng palovimiz tayyor.

palov tayyorlanish jarayoni
Astalik bilan aralshtiramiz va dasturhonga sovutmasdan tortamiz.

palov
Yoqimli ishtaha!

 

2 thoughts on “14. Uy palovi

  1. Mashaalloh dugosh, zor ko’rinishidan oh-oh, sariq sabzili onajonimlani uy palovlarini judayam sog’inganmanee… Bizada ha deganda sariq sabzi topilmidi, qizil sabzidan osh qilishgayam, yeyishgayam o’rganib kettik 😉 .

    1. Ha, maniyam qizil sabzili osh qiganlarimni eslab turaman. U ham o’ziga hos mazasi bor. Uyda sariq sabzili onajonimiz qiladigan palovlarga yetadigani yo’q.

Comments are closed.

Comments are closed.