13. Dimlama lag’mon

13. Dimlama lag’mon

  

  

Bu taom tayorlanishi qovurma lag’mondan farq qiladi. Farqi shundaki, kam masalliq ketadi, ko’p qovurilmaydi, hamir ham alohida pishirilmaydi, hammasi birgalikda dimlab pishiriladi.  Kelin bo’lib tushgan oilamda qilinar ekan. Qaynatamning onalari qilgan ekanlar, «Dimlama lag’mon» oilaning milliy taomi desam ham bo’ladi. Onam ham huddi shunday qilar edilar, faqat bolaligimda qovurma lag’mon derdik. Onamla nima ovqat qiliy deb so’rasalar man faqat qovurma lag’mon der edim.  Bu ovqatni  har gal qilganimda qaynatamla boblapsiz  deb maqtab qo’yalla. Sizlarga ham yoqadi deb o’ylayman. Demak quyidagicha tayyorlanadi. 

Kerakli mahsulotlar: 1 ta sariq sabzi

                                      1 ta piyoz

                                      go’sht (hohishga qarab)

                                      4 ta kattaroq kartoshka

                                      1 ta pamidor ( man qishga yopib qo’yilgan qizil ishlatdim)

Hamiri uchun: 6 piyola un( hamir uchun 4 piyola ishlatiladi, 2 piyola urvoqlashga ketadi)

                           Sho’r suv( qattiqroq hamir hosil bo’lguncha)

Avval hamir qorib qo’ydim, 4 piyola unga qattiqroq hamir qorib salafanga solib qo’ydim. Hamir tinguncha qozonga ikki cho’mich yog’ soldim, qizigandan so’ng piyozni soldim. 

 

Ustiga qirg’ichdan chiqarilgan sariq sabzini soldim. 

 

Ketma ket go’sht va kartoshkani soldim. O’rta olovda qovrulib turdi.  

 

Darrov aralashtirmaymiz, tagidagi piyoz tilla ranga kirguncha shu holda turadi. Piyoz qizarishni boshlagandan so’ng pomidorni qirg’ichdan chiqarib qo’shamiz. Man qishga yopib qo’ylgan qizildan soldim. Tomat ham so’lsa bo’ladi. 
   
Qovurilgandan so’ng, masallig’imizni ko’mguncha suv solamiz, qaylasi qaynaguncha hamirimizni yoyamiz. 

 

Judayam yupqa yoymaymiz. Ko’p urvolab yoyilvuradi. 

 

Shu qalinlik yetadi. Keyin o’qlovga o’rab orasiga ko’p un sepib tahliymiz.  

   
Unni ko’p sepib shu tarzda tahlash kerak, kesgunizcha yopishib qolishi mumkin.  

 

Shu tarzda tahlangan hamirni kesamiz. Qalin ham emas, yupqa ham kesmaymiz. 
   
Orada kesgan hamirlarimizni titib orasini ochib-ochib qo’yamiz. Yopishib qolmasligi uchun. 

 
Mana hamirimiz tayyor. Endi qaylani tuzini rostlab, shaqillab turgan qaylaga hamirni solamiz va eng baland olovda ustini yopib 5 minut dimlaymiz. 

 

Qaylani suvi ko’p bo’lishi kerakmas. Kartoshkalarni ko’mib tursa bo’ldi.Huddi rasmdaka.  

 

Mana qozonga soldim, 5 minut baland olovda turgandan so’ng ustini ochib kapkir bilan tagini ustiga adarib qo’yamiz. Eng muhim joyidan biri shu jarayon, hamirimizni aralashtirmaymiz, shunchaki tagini ustiga ag’daramiz. Mana 5 minutdan so’ng ochganimdagi holati. Sal tagiga olgan bo’lishi mumkin. Shuning uchun kapkirda tagi bilan yaxshilab hamirni tagini ustiga adarib qo’yamiz, diqqat aralashtirmaymiz. 

   

So’ngra ustini yaxshilab yopib 30 minutga past olovda dimlab qo’yamiz. 30 minutdan so’ng ovqatni ochamiz. Hamirlar bir biriga yopishgan joylarini sanchiq yordamida ochib-ochib qo’yamiz.   

 

Shunda hamirlarimiz dona-dona bo’lib turadi. Ovqatni yana 10 minutga qaytadan dimlab qo’yamiz. 10 minutdan so’ng ovqatimizni dasturhonga tortsak bo’ladi. Bu ovqatni dasturhonga tortishdan oldin ko’k piyoz yoki oq piyozni mayda to’g’rab ovqat ustiga sepib tortilsa yanada mazali bo’ladi.   
 

Marhamat «Dimlama lag’mon» tayyor. Yoshu qariga birdek yoqgan taomni sizga ham ilindim. 

Yoqimli ishtaha! 

 
 

4 thoughts on “13. Dimlama lag’mon

  1. Toshkentga borganimda shu lag’mondan qiberasan, manam maqtab yegim keldi dugosh. Bunaqasini sani blokinda uchratdim, retsepga gap yo’q.

  2. Ko’pchilik o’zbek pazandalik saytlarida hech kim qilib ko’rmagan antiqa taomlar yoki faqatgina bayramona taomlar tayyorlab ko’rsatishga harakat qilishadi. Sizning saytingizda esa kundalik taomlarni ko’rib juda xursand bo’ldim. Bunday taomlarni hamma biladi deb qo’yishmaydimi, hayronman. Bir viloyatda hamma bilgan ovqatni boshqa viloyatdagilar bilmasligi mumkin-ku. Yoki mazali pishirishning oddiy usullari bor ku. Shularni chiqarishmaydi. Sizdan odatiy o’zbek dasturxonining eng oddiy taomlarini ham kutib qolamiz

    1. Assalomu aleykum, rahmat Dilara. Mening ham niyatim shu, onamdan, qaynonamdan, buvilarimdan o’rgangan pazandalik sirlarini boshqalarga ham ulashish.

Comments are closed.

Comments are closed.