12. Turkcha pahlava
Mana yana anchadan beri o’ylab yurgan shirinlikni ya’ni pahlavani qildim. Bu ikkinchi marotaba qilishim, birinchisini qilganimni rasmga ololmagan edim. Aslida to’rtinchi martda qilishim, lekin avvalgi ikkitasini tayyor hamirdan qilgan edim. Toshkentda tayyor hamiri yo’q ekan. Telegram gruppalarida turli hil turkcha pahlava retseptlari keldi, hammasi turlicha. Lekin bitta retsept turk opam etganlaridek ekan. Afsus o’zlari bilan birgalikda qilish nasib qilmadi, lekin yana bir bor diydor nasib qilsa o’zlarini qo’llari bilan tayyorlatib blogimga qo’yaman, albatta ularni roziliklari bilan :). O’sha retsept asosida qildim. Bu safargisini ketma-ketlikda olib blogimga qo’ydim. Ko’pchilik hamiri qanaqa ekan deb qiziqishadi. Mana tayyorlanish ketma-ketligi.
Kerakli mahsulotlar: 1 stakan sut
100 gr saryog’
1 ta tuhum
Yumshoq hamir bo’lguncha un
1 kosa maydalab to’g’ralgan yong’oq
hamirni orasiga surishga margarin yoki saryog'( qancha ketgani esimda yo’q. Lekin anchagina ketadi)
Kartoshka krahmali ( hamirini yoyishda ishlatiladi)
Qiyom uchun: 1,5 stakan shakar
1 stakan suv
1 ta limon suvi
Avval ishni saryog’ni eritishdan boshladim, eritilgan saryog’ ustiga sutni, tuhumni soldim.
Keyin yumshoq, qo’lga yopishmaydigan hamir hosil bo’lguncha un soldim. ( Noyabrda qilgan edim, blogimga qo’yishga endi vaqtim bo’ldi, shunga aniq qancha un solganim esimda yo’q), qattiq ham, juda yumshoq ham bo’lmasin.
Hamirni teng ikkiga bo’ldim, har bir bo’lakni yana teng ikkiga bo’ldim. Shu tarzda yong’oqdek bo’laklarga bo’lib chiqdim.
Zuvalachalarni bir hil shaklaga keltirib, xolodilnikga 30 minutga qo’yamiz. keyin har bitta zuvalani qo’limda bosib chiqdim. Bitta o’zim bo’lganimga 4 tadan ochvoldim. Hamirni yoyvokkanda ko’p kartoshka krahmalidan sepib ustma ust yoysak yopishib qolmaydi, yoyishimiz ham tezlashadi.
Mana 4 ta zuvalachalarni shu tarzda, orasiga ko’p ko’p krahmal sepib jo’vada yoydim. Yopishib ketmasligiga ahamiyat berib yoyasiz. Sal kattalashtirib olganimdan keyin alohida-alohida qilib bittalab yoydim.
Man un bilan krahmalni aralashtirib orasiga sepib-sepib kattalashtirib olganimdan keyin o’qlovda yoydim. Yupqa bo’lib hamirim yirtili-yirtili deguncha yoydim:). Listim 30×30 edi, qo’ysam to’g’ri keldi.
4 ta zuvalachalarni yoyib bo’lganimdan keyin, listga eritilgan saryog’ni surdim va yoyilgan hamirni bittasini qo’ydim. Uni ustidan yana saryog’ surdim, shu tarzda 12 ta hamirni orasiga saryog’ surib tahladim.
12ta qavatni tahlab bo’lagimdan keyin maydalangan 1 kosa yong’oqni hamirni ustiga sepdim. Hohlasangiz yong’oqni ko’paytirishngiz mumkin.
Ana ba’zilari yirtilishga ham ulgurdi.Lekin orasida bilinmay ketadi.Keyin ustidan 8 ta hamirni orasiga saryog’ surib tahladim.
Ohirgi qavatni ustidan ham saryog’ surib, pichoqda pishirmasdan oldin kesib chiqdim.
Qizib turgan pechda 200 gradusda usti tilla ranga kirguncha pishirdim. Pishguncha qiyomni tayyorlab oldim. Idishga shakar va suvni solib o’rta olovda qiyom holiga kelguncha qaynatdim, orada aralashtirib turdim. Tayyor qiyomga 1 ta limonni suvini siqib soldim va yana biroz qaynatib oldim. ( Qiyomim kamlik qildi, man unchalik shirinlikxo’r bo’lmaganimga manga yaxshi tuyildi, opam qiyomi kam bo’pti dedilar. Agar siz ham qiyomli bo’lib turishini istasez, qiyomni ko’proq qilsez bo’ladi).
Ana qiyom tayyor bo’ldi. Bu vaqt ichida pahlavamiz ham pishdi. Pishvokkanda judayam yoqimli hid chiqadi, pechdan :).
Mana pishdi, endi issiqligida ustidan qiyomni quyamiz. Qiyom quygandan keyin judayam chiroyli bo’lib yaltirab turadi.
Pahlava tayyor, issiqligida ham, sovuqligida ham juda mazali bo’larkan. Ayniqsa hamirlari yopishib qolmasdan qat-qat bo’lib ko’tarilib chiqsa, shuncha qilgan mehnatizga achinmaysiz. Mazasini ko’rib maqtashsa-yu yana qigilariz keb ketadi. Qiyomga qo’shilgan limon soki ham o’zgacha tam beradi. Ana tayyor pahlavani achchiqqina, issiqqina choy bilan yeyishga nima yetsin. Marhamat turkcha pahlavam tayyor.
Ko’pchiliklashib, gurunglashib dugonalar bilan bir tayyorlab ko’rishni maslahat beraman.:)
Yoqimli ishtaha!
6 thoughts on “12. Turkcha pahlava”
Rosa ko’rinishi zor chiqibdi dugosh, rasmgayu gap yoq. Turkcha choy damlab bardaklada ichib…. oh oh, mmm… 😉
Rahmat, Gulhida. Kelseng san bilan ham achchiq choylani ustida suhbat qurish nasib qilsin.
Mashaalloh hamirini zor yoyibsan lekin.
Rahmat, maqtovlar uchun.
Assalomualeykym. Retseptlar uchun rahmat. Suratlar bn tushuntrganiz yaxshi tushunarli bolibdi. Ijoddan to’xtab qolmang.
Vaaleykum assalom. Rahmat UmmuSoliha, rahmat e’tiboringiz uchun.
Comments are closed.