7. Yong’oq va magizli biskivit

7. Yong’oq va magizli biskivit

  

Assalomu aleykum. Bu biskivit buvimning retseptlari. Bolalik paytlarimmi eslatadi, oson, juda tez tayyorlanadi. Tayyorlashni boshladik.

Kerakli mahsulotlar. 4 ta tuhum

                                      200 gr shakar

                                      4 osh qoshiq un

                                      1 piyola yong’oq  

                                       1 piyola magiz 

                                       1 ta olma  

Quruq plastmas idishga, tuhumni sarig’idan ajratib solamiz. Bir turk opam manga ajratishni oson yo’lini o’rgatgan edi, tuhumni chaqib mana bunday qilib oqini sarig’idan ajratib olamiz. Barmoqlarimiz orasidan oqi tushib ketadi faqat tuhumni chaqvokkanimizda ehtiyot bo’lishimiz kerak, sarig’i yorilib ketmasligiga. Juda tez bo’ladi.

 
 

Hammasini shu tarzda ajratib bo’lgandan so’ng, mikserning yuqori tezligida ko’pirtiramiz, massamiz mana bu holatga kelguncha.  

 

So’ngra shakarni oz-ozdan qo’shib ko’pirtirishda davom etamiz, solgan shakarimiz to’liq erib ketishi kerak, bo’lmasa bisvikit cho’kadi, onam shunday der edilar. Shakarni solib ko’pirtirib bo’lganimdan so’ng idishi to’nkarib ko’rsam massa ag’darilmadi. Demak massamiz maromiga yetgan.    

Alohida idishda sarig’ini ham ko’pitirib oldim, va oqiga oz ozdan qo’shib turgan holda eng past tezligida aralashtirib turdim. 

    

Aralashtirib bo’lgandan so’ng, un solamiz. 6 ta tuhumga bir stakan un ketadi, agar 7, 9, ta yoki 5 ta tuhumga qilsachi? Har doim miqdorini keltira olmas edim, lekin qaynanam yaxshi uslubni etgandilar, tuhum nechta bo’lsa shuncha osh qoshiq un solish kerak, shunda hech qachon adashmisiz. Man 4 ta tuhumga qildim, demak 4 ta osh qoshiq unni elab solaman. Un elab solinsa biskivit cho’kmidi.  

                                                      
Solib bo’lgandan so’ng uni ham mikserning eng past tezligida aralshtirib oldim, va 1 ta olmani parrak-parrak qilib to’g’rab  soldim. Ketidan to’g’ralgan yong’oq va magizni ham soldim va astalik bilan aralashtirdim.  

     

24 dmli qolipning chetlari bilanmargarin surib chiqdim va ozgina un sepamiz biskivitimiz yopishib qolmasligi uchun. 

 
Pechimizni ham oldindan yoqib qo’yamiz 180 gradusga. Onam biskivitni qilishdan oldin yoqib qo’yardilar, gazda qilganlari uchun past qilib yoqib qo’yardilar. Lekin ko’pchilik sovuq pechga qo’yib keyin yoqadi. Man onamni qilganlari bilan boshqalarnikini kuzatdim, onamniki hech ham cho’kmas edi, o’zini shaklini saqlab qolardi. Shuning uchun man ham oldinda yoqib qo’ydim va qizib turgan pechga biskivitimni qo’ydim. Mani pechim tez pishiradi, shuning uchun 160 gradusda pishirdim. 

    

Endi qolipdan olamiz. 

  

Ana buvimning retseptlari bo’yicha qilgan eng sevimli pirogim :). 

Mazasi juda zo’r, yumshoqqina, hidi ham juda yoqimli, eng muhumi juda tez tayyorlanadi.  Umr yo’ldoshimga ham juda yoqdi. Rasmga ovokkan paytim derazadan quyosh nurlari tushib turgandi, quyosh nurlari bilan ajoyib uyg’unlik bo’ldi. 

Yoqimli ishtaha!

  
  

2 thoughts on “7. Yong’oq va magizli biskivit

    1. Arzimaydi, ha qon ko’paytiradi. Katta oyimni retseptlari, buvi deb yozvommande, ko’pchilik buvi deydi-ku, shunga. Alloh ularni rahmatiga olsin.

Comments are closed.

Comments are closed.