6. Olmali bulochka
Assalomu aleykum! Eng sevimli bulochkalarimdan biri. Onam, qaynonamni retseptlari bo’yicha. Oddiy, tez tayyorlanadi va eng muhimi juda mazali mmm…… Tayyorlashni boshladik.
Kerakli mahsulotlar: 500 ml sut
2 ta tuxum
125 gr margarin
Apelsin,olma
1 choy qoshiq achitqi ( droja)
1 piyol shakar ( 250 mg)
Koritsa
Sutni ozgina ilitib oldim, eritilgan margarinni soldim va apelsinni po’stlog’ini qirg’ichda qirib soldim, achitqi, va shakar solib aralashtirdim. Ustini yopib qo’ydim. 15 daqiqa turdi.
15 daqiqadan so’ng, ustini ochdim, achitqimiz ko’pchivogan edi.
2ta tuxumni va yumshoq hamir bo’lguncha un soldim. Hamir qo’lga yopishadigan bo’lishi kerak, qattiq qivormimiz. Oshgandan keyin yumshab ketgan bo’lsa, keyin un qo’shvorsak ham bo’ladi.
Issiq joyga qo’yamiza, ustini yopib. Kun issiq bo’lganiga stolni ustida qoldirdim.
Olamalar pishib bo’lgach, suvidan ovolamiz suvini esa kompot qilib ishlatamiz. Ungacha hamirimiz ham oshib bo’ldi. Qancha turganini aniq etomiman. Ikki barobar ko’tarildi, hamirim.
Oshgan hamirimizga, ozgina o’simlik yog’i solib mushtlab olamiz.Apelsinni po’stlog’ini solganimizga o’zgacha yoqimli hid kelib turibdi, shuningdek juda ham yoqimli maza beradi. Qaynonam qo’shmilla, oyim ham bulochkaga qo’shmas edilar, lekin pecheniy va kekslarga qo’shardilar, man bulochkaga ham qo’shgim keldi.
Ana endi zuvalachalarga bo’lib chiqamiza.
Ana mani yordamchimmmi qo’lchalari ham tushib qoldi, fotoshop qivokkanimda kesib tashagim kemadi, oldimda o’tirdi manga yordam berib :).
Zuvalachalarga bo’lib chiqqanimizdan so’ng, ularni ochib bir hilda chiqishi uchun quyidagicha qilamiz.
Hammasini qilib bo’lgach ustini salafan bilan yopib, 20 minutcha tindirib qo’yamiz.
So’ngra har bir zuvalani olib o’zizning hohishingizga qarab ichiga murabbo, jem, tvorog solib ham tugishiz mumkun. Hovlimizda olma pishgan edi, kompot qilib qaynatganimdan keyin mevasini bulochkani ichiga soldim.Olmaga koritsa va shakar aralshtirib soldim. Man quyidagicha qilib tugdim. Bunaqa tugishni internetda ko’rgan edim. Birinchi olmani soldim keyin uchga bo’ldim, uch hil o’lchamda, kichikrog’ini birinchi, o’rtachasini ikkinchi, kattasini eng oxirida tugdim. Qattiqroq yopish kerak uchlarini, chunki oshirma hamir bo’lganiga pishganda yoyilib ochilb ketadi.
Ikki hil qilib tugdim, bunisini esa oyijonimdan ( qaynonamdan) o’rganganman. Oshirma hamirga shu tugish yaxshi ekan.
Tugib bo’lgandan so’ng, yana 15 minutcha yana biroz oshguncha qo’yib qo’yamiza.
Oldindan qizdirib qo’yilgan pechkamizga qo’yamiza.250 gradusda pishirdim hammani pechi har hil pishiradi usti qizarguncha pishirdim. Biroz sovugach shakar kukunidan sepdim.Yumshoqqina, apelsinni mazasi ham kelib turibdi.
Ichlari g’ove-g’ove bo’lib chiqadi, hamirni qancha yumshoq qisez shunchalik yumshoq chiqadi.
Yoqimli ishtaha!
2 thoughts on “6. Olmali bulochka”
Oh oh, ko’rinishi ishtahani ochvordiya! Yummy bo’pti baraka top. 🙂
Rahmat, bolajonlarni maktabga olib ketishiga ham qulay.
Comments are closed.