1. Sumalak

1. Sumalak

Kerakli mahsulotlar

  • 2kg bug’doy
  • 6 kg un
  • 500 ml o’simlik yog’i
  • 50 litr suv ( bug’doy suvi rangsizlanguncha)

Tayyorlanishi

Endi tayyorlashni boshlimiz. Buning uchun avval bug’doyni, yuvib, so’ng idishga solib ivitib qo’yamiz.

18.03.2015 bugun ivitishga soldik.  Bunda xona haroratiga ham qaraladi, uy 24 gradus bo’lgnligi uchun 1 sutka ivib turdi. (Agar salqin joy bo’lsa 3 kun ivitish k.k)

bug'doy Mana 1 sutkadan so’ng ivitilgan bug’doyimizni tagidan havo o’tadigan qilib yoyamiz va albatta qorong’i qilib qo’yishimiz k.k, yorug’lik tushishi kerak emas, fotosintez jarayoni bo’lmasligi uchun. Va albatta bug’doyimiz unib chiqishi uchun doimo namlab turishimiz kerak. Tez tez yoyilgan bug’doy ustidan suv purkab turish lozim, qurib qolishi kerak emas. Bug’doyni yoyganda tagidan suv tushib  ketadigan qilib yoyish kerak, shunda tagida suv to’planib qomidi, to’planib qolishi unib chiqayotgan bug’doy ildizni mog’or bosishiga sabab bo’ladi. 

19.03.2015 Bug’doyimizni yoygandan so’ng, xonani qorong’i qilib qo’yiwimiz kerak. Va albatta bug’doyimizni ustidan muntazam ravishda suv sepib turishimiz lozim, nam bo’lib turishi kerak. Bug’doyimiz quruq bo’lib qolmasligi kerak, buning uchun barcha joyiga suv tegadigan qilib namlantirib turish keark.

bug'doyMana unishni ham boshladi.

unib chiqgan bug'doy 23.03.2015 Mana unib chiqqan bug’doyimiz.

unib chiqgan bug'doy

 Mana bu ildizlari

bug'doy ildizlari

Endi bug’doyimizni qiymalagichdan chiqarish uchun tayyorlimiz. To’rt burchak qilib pichoq yordamida kesamiz.

sumalak uchun o'sgan bog'doy

 Qiymalagichdan chiqargan bug’doyimizni suv bilan aralashtiramiz. 

bog'doyni suv bilan aralashtiriladi Mana suv bilan aralshgan aralashmamiz quyuq bo’ladi, yana suv qo’shib suyultiramiz, hamma maydalangan bug’doyga taxminan 20 litrga yaqin suv solib, aralashtiramiz. So’ng aralashmamizni suzib olamiz, sumalak uchun bug’doyni siqib olingan suvi ishlatilad, suzish jarayonida ahamiyat berish kerakki, suzilvokkanda bug’doy qipiqlari tushib ketmasligi kerak.

bug'doyni suv bilan aralashtiramiz  sumalak uchun bug'doy Suzib olingandan so’ng, bug’doy qipig’ini yana bir bor go’sht maydalagichdan chiqaramiz, va yana suv bilan aralashtirib uni ham suzib olamiz. Bazilar bu jarayonni 3 marta qiladi, l.n bizga 2 marta qilish yetdi. Asosan bu jarayon bug’doy suvi rangsizlanguncha bo’ladi, mana ikkinchi marta chiqarganimizdan keyin, suvga sogandagi ko’rinishi.  

suvdagi bo'g'doy

Mana endi asosiy vaqt keldi, qozonga solish. :} Avval qozonga unning yarmini solamiz so’ng o’simlik yog’ini hammasini solamiz ketidan yana unning  qolgan qismini solamiz, va bug’doy suvini. 

sumalakga tayyorgarlik  sumalak uchun un Suvni sovakkanda yana bir bor suzib solamiz. 

bug'doy suvini unga solamiz

Hozircha suv hammasi solinmasdan turadi, unni ko’mar ko’mmas solamiz va bir hil massa bo’lguncha, mikserda aralashtiramiz. 

 Tayyor bo’lgan aralashmamizni, baland olovga qo’yamiz, qozonni to’ldirib yubormasdan suv solamiz, chunki qaynash jarayonida toshadi, qaynab chiqqunga qadar suvni to’ldirmasdan solamiz. 

qozondagi sumalak

Mana 11:39 da gazga qo’yildi.Qaynab chiqqunga qadar, tez tez aralashtirib turamiz tegiga omasligi uchun.Bir soatdan so’ng qaynab chiqdi. 12:30da.

qozondagi sumalak

 Endi bu yog’iga vaqt kerak, bizdan talab qilinadigan narsa, suvi kamayganda bug’doydan siqib olgan suvni vaqti vaqti bilan solib turish. Bu vaqtga  14:21 kelgandan so’ng, sumalagimizning yog’lari ajrab chiqdi,  pishgunga qadar yog’lari so’rilib ketadi.  

sumalakMana sumalagimizning, hajmi ham 2 barobar kamaydi, nahorgi 3gacha qaynab turdi, endi past olovda 3 soat damlab qo’yamiz. Nahorgi 6:00 da gazdan olamiz va sovuguncha ustini yopib qo’yamiz. Sumalak sovugandan keyin, yanada quyuqlashadi.

    

sumalak  

Sovugandan so’ng, idishlarga solib, tanavvul qilishga tayyor.

sumalakMmm… mazasi juda zo’r, barcha o’zbeklarning sevimli bahoriy taomi. Ovqat o’rniga ham, desert o’rniga ham iste’mol qilinadi. 

sumalak

  Ayniqsa bahorda organizm uchun juda foydali, vitaminlarga to’la. Sumalak, novvot choy bilan iste’mol qilingani maqsadga muvofiq. Chunki sumalak qon bosimini tushirish hususiyatiga ega.  Qon bosimi balandlar uchun, dorining ham o’rnini bosadi. Yoqimli ishtaha.

6 thoughts on “1. Sumalak

    1. Здравствуйте, спасибо за коммент. Я недавно закончила пост. Это был рецепт «сумалак», узбекского весеннего десерта. Мы готовим его из проростков пшеницы, муки, растительного масла и воды. Можно сказать это узбекский шоколад. Приезжайте к нам весною и попробуете сумалак и многие другие сладости.

  1. soo yummyy😋😋😋
    Bende yapmaya hazirlaniyorum yapacam insh.. Bugdayimi islattim Cok Seviyorum Sumelegi Guzel cikar umarim ☺️

Comments are closed.

Comments are closed.