55.O’choqda «Tovuq dimlama»

Bu taomni oyijonimla qildila. Dam olish kuni hamma uyda, o’choqda tovuqli dimlama qilib berdilar. O’zlarinig retseptlari. Judayam mazali. Pishishi uchun ikki soat ketadiku, lekin tayyorlanishi ko’p vaqt talab qilmiydi.

Kerakli masallfqlar: 2 kg kartoshka

3 kg tovuq oyoqlari yoki 2 ta butun tovuq ( bu katta omla uchun)

1 litr yog’

ziravorlar (kashnich urug’i, karri, tuz)

1 bosh sarimsoq piyoz

Tayyorlanishi:

Bir kun avval, tovuqni yuvib, tuzlab, ziravorlab qo’ydila. Taomni tayyorlashni o’choqga o’t yoqishdan boshliymiz. Baland olov yoqib, qozon qizigacha, yog’ solamiza. Tovuqni qizartirib olamiza.

Keyin tovuqni chetroqga surib turib hohlasela alohida ovolib kartoshkani ham bir qizartirib olinadi. Keyin ustiga tovuqni qo’yib, maydalangan sarimsoqni ustidan solib 0,5 litr suv solib baland olovda 30 daqiqa ustini yopib dimlab qo’yamiza. Keyin olovni cho’g’ini pasaytirib 1 ,5 soatga qoldiramiza.

Mana videoda ko’rib turganizdek, suvlari hammasi parlanib ketguncha dimlanadi. Yog’i tiniq ajralguncha.

Taom ham tayyor.

Go’shtlari hil-hil bo’lib pishadi. Judayam mazali.

Yoqimli ishtaha!….

54. «Smile» to’rti

Bu tortni tayyorlanishini yozmiyman, tayyorlanishi mana bu yerda ko’rsatilgandek tayyorlangan. Lekin bezatish uslubi Onam rahmatli qiladiganlaridek bezatdim. Onam judayam pishiriqlarni did bilan bezatar edilar. Bunday usulda bezatilgan tortni hech qayerda va hech kimda ko’rmaganman. Adam rassom bo’lganliklari uchun go’ya ularniki :). Onam har doim tort qiladigan bo’lsalar, shu bezatilish qismini kutardik, bu gal qanday usulda bezatarkinlar deb. Oddiy biskvit va orasiga yong’oqli bize qilardilar. Chetlariga esa ana shu bizedan qo’yardilar.  «Smile»larni qivokkanlarida qiziqish bilan kuzatar edik. ustini odatda mevalar bilan bezatar edilar. Bollarimga ham juda yoqdi, man ham qiliy deb bazilarini qilib ham ko’rishdi, mani ham oldimda turib endi qoshini unaqa qiling, kulganini, ho’mrayganini qiling deb qiziqib, o’rgatib ham turishdi :).

Bezatilishi.

Kichkina dumaloq qilib pishirilgan bizechalarni orqasiga krem surib, tortni chetiga yopishtiramiz. Bizeni listga dumaloq qilib sovokkanimizda ustini uchliroq qilib chiqarib qo’ysak, burni bo’ladi.

Yorilmiy, chiroyli pishgan bizelarni yopishtirdim, qolganini ustiga sepdim.

Va qulupnay bilan bezab qo’ydim.

Yoqimli ishtaha!….

 

53.Mevali keks

Bu keks ham menga juda yoqadi, tayyorlanishi oson, tez va yoqimli. retsaptni bu yerdan olganman. Oilamga ham yoqadi, yumshoqqina, mazali. Shu retseptdan mufinlar ham tayyorlasa bo’ladi.

Kerakli masalliqlar: Mani qolipim kattaroq bo’lgani uchun 1,5 miqdorda qilaman.

  • 200 gr saryog’
  • 200 gr shakar
  • 1,5 g vanilin ( man
  • kichkina qoshiqni uchida solaman, bazan solmiman)
  • 0, 5 ch.q razrixlitel
  • 4 tuhum
  • 200 gr qulupnay

Ustiga quyish uchun qo’shimcha.

  • 1 ta tuhum
  • 50 gr shakar
  • 125 ml sut

Avval Hona haroratida turgan saryog’ga shakar , tuhumni solib, yaxshilab mikser qilamiz.

Keyin un, vanilin, razrixlitl solib mikserni past tezligida aralashtiramiz. Hohishga qarab har hil meva qilsa bo’ladi, man banan va olama solib qilib ko’rgandim shu qilganimda, avvalgisida qulupnay ham solgandim, qulupnay solingani ham yaxshi ekan. Banan solinganda banani tez qorayib qolarkan. Bu qulupnayligini qilganimda rasmga olishga ulgurmagan edim.

180 C da qizigan pechga 30 daqiqaga qo’yamiz, ungachan ustiga quyiladiganini tayyorlab olamiza.

Sut, tuhum, shakar hammasini birgalikda mikserlaymiz.

30 daqiqadan so’ng, pechdan olib ustiga quyamiza va yana pechda 25 daqiqa pishiriladi.

Mana kekisimiz ham tayyor. Bazan kakao ham qo’shib tayyorlayman, uni ham mazasi zo’r chiqadi.

Yoqimli ishtaha!…

Hadija:
Men ham Mevali keks pishirdim faqat ichiga lemon olma yongoq magiz soldim

Ma shaa Allah rosa mazali chiqdi

Rahmat, Hadija opa. Sizga va oilangizga yoqganidan juda hursandman. Lemon qo’shib qilganiz yoqdi, man ham lemon qo’shib qilib ko’raman. Foto ham zo’r chiqibdi🤗.

52.Sushi va Roll

Sushi va Rollar. Bu ham oilamning yaxshi ko’rgan yaxna taomi. You tube dan ko’rib o’rgangan edim. Asosan guruch va guruch uchun maxsus uksusli  aralashma tayyorlash kerak ekan. Sotuvda ham bo’lar ekan maxsus sushi uchun deb yozilgan uksuslar, lekin uni olish shart emas ekan. Uy sharoitida ham tayyorlasa bo’lar ekan. Avval bir narsaga oydinlik kiritib olsak, sushi va rollining farqi nimada. Man internetdan topgan ma’lumotim quyidagicha ekan.

Sushi bu guruchli uzun kolbasa. Uni ichida noriga o’ralgan, tunes balig’i, krevetka yoki sakkiz oyoqdan iborat ekan.

Roll bu barcha dengiz mahsulotlari guruchga o’ralib uni usti esa nori bilan qoplangan rulet ekan.

Batafsil ma’lumot mana bunday.( Суши – это рисовая длинненькая колбаска, на ней – кусочек рыбы (тунец, сёмга – сырые, копчёный угорь, креветка или осьминог – и вся эта красота перевязана тоненькой полосочкой нори – листа сушеной морской капусты.
А роллы – это рулетик – внутри – морская начинка, затем – рис – и всё завернуто в лист нори. Если нори сверху – это нори-маки. Бывают роллы, когда сверху – рис, обсыпанный кунжутным семенем, а нори – внутри – это уро-маки.)

Kerakli masalliqlar:  500 gr guruch ( o’rtacha yumaloq guruch, O’zbekistonda alanga guruch mos kelsa kerak. Man puding uchun deb yozilgan guruchdan foydalandim)

Guruchni ko’mguncha suv.

Nori yaprog’i( quritilgan dengiz karomining yaprog’i)

Dudlangan lasos balig’i

1 ta bodring

200 gr filadelfiya( man buko ishlatdim. O’zbekistonda hamyonbob o’zimizni suzmadan ham foydalansa bo’ladi.)

Krab ( 3-4 dona tayoqchalaridan. Shuni o’zi yetarli.)

Kunjut ( bezagi uchun)

Maxsus uksus: 30 ml uksus (10% li uksus bo’lishi shart)

30 ml suv

2 osh qoshiq shakar

1 choy qoshiq tuz ( shakar va tuzni qoshiqni liq to’latib emas)

Avval guruchni tayyorlashdan boshliymiz. Guruchni yaxshilab yuvamiz, oppoq rangiz suv bo’lguncha, keyin guruchimizni ustiga muzdek suv solamiz. Suv guruchdan ikki barmoq qalinlikda ko’tarilib turishi kerak. Guruchni qaynab chiqquncha eng baland olovga ustini yopib qo’yamiz. Guruch suvi qaynab chiqqandan keyin, olovni eng pastiga pasaytirib 20 minut dimlanadi. Guruchni pishirish davomida ustini ochmiymiza.  20 minutdan keyin, olovini o’chirib, qopqog’ini ochib ustiga idishni ustiga sochiqni yopib uni ustidan yana qopqog’ini yopib qo’yamiz. Plitadan olmiymiz, lekin tagini o’chirib qo’yamiz.

                               

Guruch pishguncha uksusli aralashmani tayyorlab olamiza. Kattaroq idishga uksus, suv, shakar, tuzni solib hammasi erib ketguncha aralashtiramiza. Avval hiraroq suyuqlik bo’ladi, shakar va tuz yaxshilab erib ketgandan keyin suyuqlik tiniq bo’ladi.

Mana shunday tiniq holga kelguncha yaxshilab aralashtiramiza.

Guruchimizni ustiga sochiq bilan yopganimizdan keyin 20 minut vaqt o’tgach guruchga uksusni solib yaxshilab aralashtiramiz. Bu uksusli aralashma faqat 500 gr guruch uchun, agar guruchni miqdorini ko’paytirmoqchi bo’lsangiz, tayyorlanadigan uksusni ham barcha massaliqlarini shunga moslash kerak. Aslida videoda 1kg guruch uchun qilingan edi, man shuni yarmini qilganim uchun, uksusli aralashmani  proprtsiyasini moslab oldim. 0,5 kg guruchdan ham ancha chiqadi.

Guruchimiz tayyor bo’lgandan keyin sushini tayyorlasak bo’ladi. Norilarning barchasi standart bo’ladi. O’sha videoda ko’rib qilganimdek tushuntiraman.  Ichiga nori o’raladigan bo’lsa norini teng ikkiga bo’lamiz. Sushi va rolli qilish uchun maxsus rasmdagidek taxtachali o’riydigani bo’ladi. Ustiga strech salafn qilib ishlatsa, qulay ekan.

Keyin ustiga guruchni qoplab chiqamiz, man taxminan soldim, videoda o’lchab solgandi, man restoranga emas, uyga qilganim uchun mo’ljallab sovurdum. Guruchni norini ustiga qoplavokkanda mana rasmda ko’rsatganimdekikki barmoq qalinlikda joy qoldiramiza. Guruchni esa boshqa tomonidan shunday qalinlikda chiqarib solib, tekisliymiz. guruch yopishqoq bo’ladi, shuning uchun qo’lni suvlab qilinadi.

Keyin norini tepaga qaratib aylantirib olamiza.

Ichiga solinadigan masalliqlarni ingichka somoncha qilib to’g’rab oldindan tayyorlab olamiza.

Ichiga hohishga qarab sovuramiz. O’rashda ahamiyatliroq bo’lib o’riymiz.

Ko’rsatgich va bosh barmoq bilan taxtachani ushlab, qolgan barmoqlarda solingan masalliqni o’zimiz tomonga itarib turib zich qilib ezvormasdan o’riymiz. Aylantirib aylantirib dumaloqliymiz. Tog’risi manga aynan shu jarayoni yoqdi, chiroyli ruletchalar hosil bo’ladi.

Cheti shunday holatda bo’ladi, uni ham taxtachaga o’ragan holda qo’limiz bilan tekislab qo’yamiz.

Shu tarzda boshqalarini ham qilamiza. Negadir shu ko’rgan videoni topolmadim, agar topsam shu yerga joyliman, yani o’ralishini juda chiroyli qilib ko’rsatgan edi.

Endi ROLLini tayyorlaymiz. Bunda nori ustiga bo’ladi, rolli qiladigan bo’lsak norini bo’lmasdan butunlikcha ishlatamiz. Man shunday qildim, ochilib ketmasligi uchun. Guruchni ham shunga moslab solamiz, lekin hammasiga to’liq qoplamiymiz, huddi rasmdagidek.

Ba’zisiga buko soldim ba’zisiga solamdim. Buko solganim ko’proq yoqdi, uydagilarga. Mana shunday qilib bir qator soldim.

Keyin yoniga bodring, krabdan soldim. Buni ham huddi yuqorida keltirib o’tganimdek o’radim.

Shu tarzda sushu va rollilarni tayyorlab oldim. Hohishga qarab ustini bezatamiz, man kunjut va dudlngan lasos balig’i bilan qildim. Baliqni ham ustiga qo’yib chiqib taxtacha bilan yana bir bor tekislab qo’yamiz.

0,5 kg guruchdan 6 ta ruletlar chiqdi. Buni kesish usuli ham bor ekan, bu ham bir siri. Ya’ni kesvokkanda suhi va rollilarni ezvormasdan, shaklini buzvormasdan kesish. Pichoqni muzdek suvga botirib olib , shu suvini artmasdan turib kesamiz. Avval teng ikkiga bo’lamiz, keyin pichoqni yaxshilab artib yana suvlab bo’lingn bo’lakchalarni yana teng ikkiga bo’lamiza. Shunday holda kesib chiqilar ekan, har kesishdan oldin, pichoqni muzdek suvga botirib olish kerak ekan.

Sushi kesilganda to’g’ri o’ralgan yoki o’ralmaganini, bilib olsa bo’ladi.  Noriga o’ralgan masalliqlar norining ichidan chiqib ketmagan bo’lsa, yani nori ularning chegarasida tursa demak shushi to’g’ri , ustalik bilan o’ralgan bo’ladi. Buni sushi bo’yicha MK sirini etgandi. Man ham kesishim bilan shunisiga e’tibor beraman.

Mana sushilar ham tayyor.

Yoqimli ishtaha!…

Sushi va rolli judayam to’yimli yaxna taom ekan. Bu taom ham o’g’ilimning yaxshi ko’rgan taomlaridan biri. Judayam yaxshi ko’radi. Ancha vaqt ketadigandek tuyilgani bilan bir o’rganib olinsa unchalik ko’p vaqt talab qilmaydi.

51.”Pikachu” salati

Bu salatni «Shedroe leto» tanlovi sababli qatnashgan o’quv kursda o’rgangan edim. Manga juda ham yoqgan edi. Sizlar bilan ushbu retseptni bo’lishmqchiman. Faqat biroz o’zgartirilgan, lekin ustozimiz o’rgatganlaridek qildim. Qo’y go’shtni o’rniga tovuq go’shti, qo’ziqorin o’rniga tuzlangan bodring qo’shsela ham bo’ladi deb o’rgatgan edilar. Shularni o’zgartirdim.

Kerakli masalliqlar:300 gr qo’y go’shti ( man tovuqning ko’krak qismini ishlatdim)

                                          6 ta tuhum

                                          Qo’ziqorin ( 1 bonka shampinion konservasi. Man tuzlangan                                                      bodring soldim)

                                          500 gr chala pishgan kartoshka (yangi chiqqan kartoshkada bo’lsa                                           unda ham yaxshi)

                                         1 ta bog’ yashil piyoz( man qo’shmadim)

                                         200 gr moyanez

                                        200 gr saryog’

Go’shtni suvda qaynatib pishirib oldim. Keyin parrak to’rt burchak qilib to’g’radim.

Suvda pishgan tuhumni ham yirik, lekin parragini ingichka olib to’g’radim.

Kartoshkani ham suvda pishirib oldim, lekin ohirigachan pishmasligi kerak. Chunki saryog’da ham qovuriladi.

Kartoshkani to’g’rab qovurib oldim, qizrguncha.

Tuzlangan bodiringni ham parrak qilib, kattaroq qilib to’g’raymiz.

Hamma masalliqlarni to’g’rab bo’lgandan so’ng, tuz va moyonez solib aralashtiramiz.

Aslida o’rganganimizda ustiga sir qilinmasdi, lekin man qilib ko’rdim, yana ham mazali bo’larkan.

Yoqimli ishtaha!…