9. Toshkentcha xonim

9. Toshkentcha xonim

xonim

Har bir o’zbek xonadoning bekasi xonim qilishni biladi deb o’ylayman. Lekin hammaning o’zining tayyorlash usuli bor. Men ham oyijonimdan o’rgangan oson yo’l bilan xonim tayyorlashni sizlarga ham ilindim.

Kerakli mahsulotlar

  • 4 ta o’rtacha kattalikdagi piyoz
  • 2 ta sariq sabzi
  • 8 ta o’rtacha kattalikdagi kartoshka
  • go’sht yoki qiyma
  • O’simlik yog’i

Hamiriga

  • 4 piyola to’la un
  • kerakligicha sho’r suv (nomokob)

Qizili uchun

  • 5-6 ta kattaroq pomidor
  • 1 ta katta piyoz
  • 2ta bulg’ori qalampiri

Tayyorlanishi

bismillah

Avval hamir qilishdan boshladim, 4 piyola unga kichikroq kosada sho’r suv soldim. Sal qattiqroq hamir qilib, ikkiga bo’lib, ustini yopib qo’ydim. Hamir qancha ko’p tinsa yoyishimiz ham shunchalik oson bo’ladi.

xonim hamiri

Hamir tinguncha qiymasini tayyorlab olamiz. Buning uchun hamma artib, yuvilgan sabzavotlarni qirg’ichdan chiqardim, piyozdan tashqari.

xonim qiymasi

Mana bunaqa qirg’ichdan, oson va tez bo’ladi. Huddi mayda to’g’ralgandek bir tekisda. Piyozni mayda parrak qilib to’g’radim, go’shtni ham maydaroq to’g’radim.

xonim qiymasi

Hamirimizni yoyguncha qiymamizga tuz solmay turamiz, bo’lmasa suvi chiqib ketadi. Hamirni avval qo’limizda ochib olamiz.

xonim hamiri  xonim hamiri

Chetlarini yaxshilab mushtlab ochvoganimdan so’ng o’qlovda yoydim.

xonim hamiri xonim hamiri

Bu ko’rib turganizni yana ikki marta yoyib, so’ng o’simlik yog’idan surdim.

xonim hamiri

Va hamirni o’rtasidan ikkiga bo’ldim. Tayyorlab qo’ygan qiymani ham ikkiga bo’lib, yarmiga tuz va ozgina maydalangan kashnich urug’ solib aralashtiramiz.( man kashnich urug’ solmadim, qolmagan ekan) Kashnich urug’ ham o’zgacha maza beradi, manga juda yoqadi. Va qiymamizga ikki osh qoshiq o’simlik yog’i ham solamiz, yanada mazali chiqadi.

xonim qiymasi

Tuz solingan qiymani hamir ustiga solamiz va bir tekisda hamir ustiga yoyamiz.  xonim qiymasi

Mana hamir o’rashga keldik, hamirni o’rashning oson va qisqa yo’li bor, oyijonim o’rgatganlaridek. Avval boshini qayirib olamiz.

xonim qiymasi

Va hamirimiz turgan tagidagi dasturhonni asta ko’tarsak hamir o’zi yumalab o’ralib qoladi, bir tekisda bo’lib. Uzun hamirni u boshidan bu boshigacha o’rab o’tirmisiz.

xonim xonim

Mana o’zi yumalab bir tekisda o’ralib tushdi.

xonim

Shu turgan holda listni aylantirsak, o’ralgan  xonimlarimizni ezvormagan holda listga joylanadi. Listga joylaganimdan so’ng, ustiga ham ozgina o’simlik yog’idan surdim, yog’i ko’proq bo’lsa yanayam mazali chiqadi. Hammasini shu tarzda joylab, gazga 40 minutga qo’yamiz.

xonim xonim

Xonimimiz pishguncha, ustiga qizilini qilamiz. Man pamidor ba bulg’ori qalampirini hammasini blendirda maydalavordim. Tovaga 1 cho’mich yog’ soldim va 1 ta katta piyozni to’g’rab qizib turgan yog’ga soldim.

xonim qaylasi

Piyozimiz tilla ranga kirishni boshlagandan so’ng, blendrdan chiqargan massamizni ustiga solamiz.

xonim qaylasi

Suvlari shimilib yog’i ustiga ajrab chiqquncha o’rta olovda qaynatamiz.

xonim qaylasi

Agar qiymezzi suvi chiqgan bo’lsa tuz solganizdan so’ng, suvini tashlab yubormang, shu qizili qaynavokkanda qo’shvorsez, kartoshkalarni mazasi ya’ni krahmali chiqqan bo’ladi, shunda qiziliz yanayam mazali bo’ladi. Uvol ham bo’lmaydi. Ana qizilimiz ham tayyor.

xonim qaylasi

Qizilimiz tayyor bo’lguncha xonim ham pishdi.

xonim

Gazdan olishdan avval stol ustiga 1 litrli banka qo’yamiz. Qasqonimizni olib shu banka ustiga qo’ysak, ichidagi listlar tepaga ko’tarilib listlarni olishimiz oson bo’ladi.

xonim

Mana bunday.

xonim

xonim

xonim

Oyijonimni shunaqangi usullari bilan ikki soatda xonimni tayyorlab pishirishga ulguraman. 10:30 tayyorlashni boshladim, 12:30 da xonimim tayyor bo’ldi.

Yoqimli ishtaha!

Gulhida dugonam shu usul bilan honim tayyorlab ko’ribdi, rahmat etib rasmini yubordi. Juda ham yoqibdi. 


Rahmat Gulhida, postlarimni e’tiborsiz qoldirmiysan 👍😊. Ko’rinishi zo’r.

 

                                     

10 thoughts on “9. Toshkentcha xonim

  1. Mashaalloh, qo’l-ko’zing dard ko’rmasin dugosh, manam huddi shunaqa usulda qilaman, oh oh, bu honimingni ko’rib onamlani honimlarini yegim keldi. Toshkentga borsam piwirib beradigan narsalaring ko’payib ketti rosa 🙂 😉

  2. Yuzini qilishda masalliqlarni tog’rab, ketma-ketlikda qo’vurib tomat pastasidanam bir qoshiq solib, keragicha suv solardim, sani usulingniyam qilib ko’raman, juda mayin chiqsa kerak 😉

  3. Assalomu aleykum! Men ham anchadan beri sizni usulizda tayyorlayman faqat koment yozib rahmat aytish hayolimga kelmagan ekan😊 Ayniqsa kraxmal yordamida yoyish.Kech bo’lsa ham katta rahmat!

    1. Vaaleykum assalom. Mani judayam hursand qildiz. Fikr, mulohazalarizni yana kutib qolaman va tayyorlaganlarizni fotolari bilan.😊😉

Comments are closed.

Comments are closed.