8. Yong’oqli keks
Bu keks huddi oyijonim(qaynonam) qiladigandek qildim. Kekslari juda zo’r chiqadi, har gal qilganlarida judayam tez va chiroyli, mazali chiqadi. Eng muhumi har gal ishib zo’r chiqadi. Man qilsam hech ham ko’tarilmasdi. Keyin telegramda bir retsept ko’rib qoldim, o’sha retsept bo’yicha qilsam, ko’nglimdidek chiqdi. U retsept quyidagicha 2 ta tuhum, 2piyola qatiq, 0,5 piyola o’simlik yog’i, 2 piyola shakar, 0,5 qoshiq soda. Shu retsept bo’yicha qildim va nihoyat keksiim o’xshadi. Keyin o’simlik yog’i o’rniga oyijonim qiladigandaka qilib margarin solib qildim keyin xatoyimni bildim. Unni kam solar ekanman, qatiqni ham. Va ikkita retseptni birlashtirib o’zimni retseptimdan keks qildim ;).Demak boshladik.
Kerakli masalliqlar: 2 ta tuhum
2 piyola shakar
2 piyola qatiq
100 gr margarin
0,5 choy qoshiq soda
1 piyola tozalanib to’g’ralgan yong’oq
3 piyola un
Tayyorlashni boshladik, bismillah.
Birinchi bo’lib uch piyola un bilan 100 gr margarinni uqalab q’ydim.
Keyin ikki piyola qatiqqa sodani solib aralashtirib qo’ydim. Kattaroq idishga soldim qatiqni, tuhumimizni ko’pirtirgunimizcha soda qatiqni ko’pchitib ikki barobar massasi ortadi.
Alohida idishda ikkita tuhumni ikki piyola shakar bilan mikserning oxirgi tezligida yaxshilab ko’pirtirib oldim.
Keyin shu massaga qatiqni solib aralashtirib, uqalab qo’ygan unning ustiga soldim.
Suyuq massani solganimdan keyin mikserda aralashtirmoqchi bo’ldim, lekin mikserni kuchi yetmadi. Qo’limda aralashtirdim, maydalangan yong’oqni ham soldim. Yong’oqni maydalavorish kerak emas.
Ana quyuq kashaga o’xshagan massa hosil bo’ldi, uni oldindan listni tayyorlab qo’ygan edim. Keks yopishib qolmasligi uchun listga margarin surdim va ozgina un sepdim shunda keksimiz yopishmaydi. Biskivit qilganda ham listni, qolipni huddi shunaqa qilsak biskivit ham yopishmaydi, qog’oz ham qo’yish shart emas.
Listga sovokkanimda biroz qiynaldim, yopishqoq quyuq bo’lganiga. Oldindan 180 gardusda qizdirib qo’ygan pechimizga usti qizarguncha qo’yamiz. Boshida hech keksim o’xshas edi degandim yana bir sababi pechkani eshigini ko’p ochib yopurganimdan berch bo’lib qolar ekan. Usti qizarguncha kutamiz. Oynasiz bo’lsa taxminan 40 minutlardan keyin bir habar olib ko’rasiz.
Ana kekim ham pishdi, kesib ko’rganimda oralari g’ovak g’ovak bo’lib pishgan, sodani ham mazasi bilinmayapti.
Endi issiqqina choy yoki kofe bilan mmm….
Yong’oqlari orasidan chiqib, mazasi ham o’ziga xos.
Shu retsept bilan qilib ko’rishingizni maslahat beraman, judayam mazli chiqadi.
Yoqimli ishtaha!
2 thoughts on “8. Yong’oqli keks”
Ko’rinishi judayam chiroyli, birinchi marotaba bunaqa retsepni sani blokingda ko’rib turimman 🙂 .
Rahmat, mazasi ham juda zo’r chiqdi. Kumur-kumur bo’lib:)
Comments are closed.