10. To’rt «Pazanda»

10. To’rt «Pazanda»

  
Onam to’rt qilsalar har doim orasida bezesi bo’lardi. Bezesiz to’rt qilmas edilar, shu to’rtni sog’inib qildim. Faqat biskivitni o’rniga «Шоколадное кухе» qildim. Bu to’rtga nom qo’yishga to’g’risi qiynaldim. Nihoyat Nilufar singlim nom topib berdi. Blogimga qo’ygan birinchi to’rtim bo’lgani uchun «Pazanda» deb nomladik. Demak tayyorlashni boshladim.

Kerakli masalliqlar:  

Korji uchun: Bu korj 1,5 portsiya uchun. Korj hammaga ma’lum bo’lgan Aliyani blogidagi «Шоколадное кухе». Manga juda yoqadi, quruq bo’lib qolmaydi. Eng muhimi tez va juda mazali.

                        5 ta tuhum

                        1,5 piyola o’simlik yog’i

                        2 stakan shakar

                        1,5 piyola sut

                       3 osh qoshiq kakao

                       1,5 choy qoshiq kabartma ( razrixliter)

                       3 stakan un

Beze uchun: 3 ta tuhum oqi

                        2 stakan shakar

                        1 piyola tozalanga yong’oq

Kremi  uchun: 700 gr qaymoq

                            1,5 stakan shakar  

Avval ishni beze qilishdan boshladim. Pishishi uchun ko’p vaqt ketadi. Quruq idishga tuhumni oqini soldim va mikserning eng yuqori tezligida ko’pirtirdim. 

   
Ko’pik bo’lishni boshlagandan keyin shakarni oz-ozdan qo’shib ko’pirtirishda davom etdim. 

 

Shakar to’liq erib ketguncha yaxshilab mikserning yuqori tezligida ko’pirtirdim, so’ngra yong’oq soldim va astalik bilan aralashtirdim. Tayyor bo’lgan massani qog’oz solingan listga korjimni o’lchamiga moslab soldim. 

  

Gazga qo’yganimdan keyingina gazni yoqdim. Eng past olovda ikki soatga qo’ydim. 

 

Mana beze ham tayyor bo’ldi, aslida bezeyim pishguncha korjimni ham tayyorlab oldim. Idishga bezedan qolgan tuhumni sarig’ini va qolgan tuhumni, shakarni solib mikser qildim. 

  

 

Buni ustiga, o’simlik yog’i va sutni soldim. 

 

Alohida idishda un, kakao, kabartmani aralshtirib suyuq massaga qo’shdim. 

  

 

Mikserning eng past tezligida aralashtirdim. 

Tayyor masalliqni oldindan tayyorlab qo’yilgan listga soldim.  Listga yopishib qolmasligi uchun margarin surib, ustidan ozgina un sepib qo’yaman. Shunda yopishib qolmaydi, qog’oz ham kerak bo’lmaydi. Oldindan 180gradusda qizdirib qo’ygan pechga qo’ydim. Pishganini cho’p tiqib ko’rib bilamiz, tahminan 30 minutladan keyin tekshirib ko’rsez bo’ladi.

  

Mana tayyor bo’ldi. Sovuguncha kremni tayyorlab oldim.Idishga qaymoq va shakarni soldim. Mikserning yuqori tezligida yaxshilab ko’pirtirdim. 

 Kremga izlar tushishni boshlaydi, quyuqlashadi. Mana bunday holatga keladi. Quyuqlashib krem holatiga kelganda darrov to’htating. Bo’lamasa qaymoqni suvi ajralib qoladi. 

 Korjni ikkiga bo’ldim. Krem surishdan oldin muzlatilgan olchalar bor edi. Ulari sokini korj ustiga surdim va ustidan kremni surdim. Krem ustidan olchalarni ham terib chiqdim. So’ngra bezeni qo’ydim. Uning ustidan ham krem, olcha qilib korjni ikkinchi qismini ustiga qo’ydim. Bu ketma ketlikni rasmga olishga ulgurmadim. 

 Mana ketma-ketlikada ustma ust qo’yib bo’lgach ustini hohlagancha bezatsangiz bo’ladi. Man ustiga yong’oq sepib qo’ydim, chetiga esa korjni orasidan chiqqanlarni sepdim. Uyimdagilarga shunaqa oddiygina bezatilgani yoqadi. Shuning uchun  ortiqcha bezatmadim.  

   
  
Orasiga hohlagan mevalardan qo’ysez bo’ladi. 

 Yoqimli ishtaha!  

                                       

                                      

                             

                                    

                                        

2 thoughts on “10. To’rt «Pazanda»

Comments are closed.

Comments are closed.