5. Pechdagi tandir somsa
Assalomu aleykum. Hozirga kelib texnika rivojlanib kelayotgan zamonimizda, oshxonada taom tayyorlash usullari ham rivojlanib bormoqda :). Mana buning bir misoli, pechda tandir somsa. Tandirim bo’lsa edi deb ham o’tirmisiz. Pechkada huddi tandirdaka qilib somsa, nafaqat somsa non ham yopaverasiz. Tayyorlashni boshladik. Bismilah. Bahoriy ko’k somsa tayyorlash bo’limida hamir qilish usuli to’liq yozilgan, qiymasi hohlaganizcha. Bu yerda somsa qilishni emas, balki pechda tandirdaka qilib somsa yopish usulini ketma-ketlikda ko’rsatib o’taman. Somsalarni tugushni boshlaganizda pechni yoqib qo’ying, list ham ichida tursin, chunki somsani qizib turgn listga qo’yamiz, yopishib olishi uchun. Tugulgan somsani orqasiga ozgina atalab olingan tuxumni oqini surib, qizib turgan pechning listiga terib chiqamiz. Tuxumni oqini sanchiqda ozgina atalab olamiz, mana bunday qilib.
List sovub qolmasligi kerak. List sovub qolmasligi uchun man listni pechkani ichidan olmadim. Ya’ni list pechni ichida turdi, tugulgan somsalarni orqasiga, tuxumni oqini surib listga qo’yib chiqdim. Qo’limni issiq pechni ichiga tiqib har gal somsalarni qo’yganimda o’zimni tandirda somsa yopgandek his qildime, :)nega desangiz, tandirda ham somsa yopkanda issiqqina tandirni ichiga har bir somsani qo’yvokkanizda bir bir qo’liz kirib chiqadi. Listga yetarli somsalarni qo’yib chiqganizdan keyin, eshigini yopamiz. 15 daqiqa to’ri qo’yamiz.
15 daqiqadan so’ng listni olamiz va teskari o’girib qo’yamiz. Somsalarimiz osilib turadi. Mana bunday bo’lib, ba’zi qilib ko’rganlarda bitta yoki ikkita somsa tushib ketibdi, lekin manda bittasi ham tushmadi. Bunda eng asosiysi, list sovib qolmasligi deb tushundim va listni pechdan olmasdan ichida turgan holda somsalarni terdim balki shuning uchun ham tushib ketmagandir. Tepadagi rasimdan ko’rib turibsizki somsalar sal pachoroq, lekin listni teskari o’girganimdan keyin somsalar osilishi hisobiga ishib turibdi.
Mana qizarishni boshladi. Pechkezzi paslariga soklari oqib turadi, hohlasez list qo’yib qo’ying. Mana ko’rib turganizdek pechkammi tepasi yoqilib turibdi lekin tepasini o’chirib pasi yoqiq qolgani yaxshi, man unisiga e’tibor bermabman, pishib bo’lgandan keyin orqasi sal qorayganini ko’rdim. Lekin kuymagan edi.
Mazasi huddi tandirdaka, soklari ham saqlanib qolarkan. Ha yana bir narsa etib o’tishim kerak, somsani ustiga ko’pchilik tuxumni sarig’ini suradi man unchalik surishni yoqtirmiman, varoqlarini yopib qo’yadi deb. Bu safar tuxumni oqini orqasiga surdim va ortib qolganini uvol bo’masin deb ikkinchi listdagi somsalarni ustiga surgan edim, yaltirb chiqdi. Tuxumni oqida ham yaltirab chiroyli chiqar ekan, mana tuxumni oqi surilgani. Maslahatim, ozgina ustiga ham survoring.
Mana bunisi o’zimizni qadimgi tandir somsalarga o’xshab chiqgan. Huddi buvilarimiz yopgan somsaga o’xshab. Bu usulda yopish telegramdagi gruppaga kelgan edi, ancha o’ylab yurdim qilishni agar o’xshamasachi, hammasi tushib ketsachi deb lekin ko’rib turganizdek hammasi o’ylaganimdan ham a’lo chiqdi. Oila a’zolarimga ham juda yoqdi, huddi tandirda pishgandek chiqibdi deyishdi. Sizlarga ham qilib ko’rishni tavsiya qilaman. Yoqimli ishtaha!
6 thoughts on “5. Pechdagi tandir somsa”
Mashaalloh qo’l ko’zing Dard ko’rmasin, Toshkentga borsam tandir somsalaringdan yeb kelaman inshaalloh ; )
In sha Alloh, rahmat Gulhida blogimda aktivladansan har doimgidek.
Somsalar juda chiroyli. Ma’lumot uchun katta raxmat . Bitta savolim bor edi: pechni nechi graduagacha qizdirasiz?
Sizga ham rahmat, maqtovlar uchun. Man elektr pechda pishiraman, 350 C da pishiraman, ohirgi ko’rsatkichi. Hammani pechi har hil. Odatiy somsa pishiradigan gradusda qizdirib olasiz. Masalan, somsani tugushni boshlaganizda yoqib qo’ysez, tugib olgunizcha qizib oladi.
Hamirini qaney tayorlanadi
Hamiri har doimgidek somsaga qilinadigan hamir. Bahoriy ko’k somsada ketma ketlik bilan ko’rsatib o’tganman somsani hamirini tayyorlanishini.
Comments are closed.