4. Sutli non

4. Sutli non

                                                         

Assalomu aleykum! Mana anchadan beri shu nonni qo’yishni o’ylab yurgan edim. Bu nonni birinchi bo’lib Daniyada qilgan edim, oilamdagilarga va shaxsan o’zimga juda yoqqan edi. Boshqa davlatda bizanikiga o’xshab darrov ertalablari yugurib mahalladagi novvoyxonalardan non olib kelomis,  supermarketlarni ochilishini kutishiz kerak. Daniyada non qimmat edi. Shuning uchun o’zim non yopadigan bo’ldim, dugonalarim hazillashib nonvoy bo’b ketibsan ham deyishardi. Mazasi huddi magazinlarda sotiladigan, bulochka nonga o’xshaydi. Nonning retseptini
http://kulinariya123.blogspot.com/2010/08/blog-post_790.html
mana shu blogdan olgandim. Shu blogni tavsiya etgan Zilola opamga rahmat. Tayyorlanishi tez, oson va juda mazali, o’ziga hos hidli mmmm…… 🙂  Tayyorlashni boshladik. 

Kerakli mahsulotlar: 300 ml sut

                                      3 piyola un ( 400-500 gr)

                                      1 ta tuxum

                                      1,5 choy qoshiq quruq achitqi ( droja)

                                      2 osh qoshiq o’simlik yog’i

                                      1 choy qoshiq shakar

                                      1 choy qoshiq tuz

                                      Sedana (hohishga qarab, ustiga bezatishga)

Birinchi bo’lib iliq sutga shakar va achitqini solib ustini 10 daqiqaga yopib qo’yamiz. 

                                                  10 daqiqadan so’ng tuz, tuxumni, o’simlik yog’ini solib aralashtiramiz. Tuxumni hammasini solmaymiz, ozginasini qoldiramiz, ustiga surishga. 1 choy qoshiq qoldirsak yetadi.      

 

Va unning hammasini solib yumshoq hamir qoramiz. Qo’lga yopishadigan bo’ladi. Stol ustiga olib yaxshilab qoramiz. Ozgina unlab unlab hamirimiz bir hil massaga kelguncha ishlov beramiz.

                                             Yana idishga qayta solib, ustini yopib oshirishga qo’yamiz. Ikki baravar oshadi. 

 

 

Mana bunday bo’lib. Stolga ozgina o’simlik yog’idan surtib, hamirimizni ham stol ustiga ag’daramiz, va yana ozgina ishlov beramiz.  

 

So’ngra qolipga solamiz, qolipimizni ham biroz yog’lavoramiz, mening qolipim 24 dm. Ustini yopib yana biroz ko’tarilishini kutamiz.  

  

Biroz oshgandan so’ng,  qolgan tuxumni suramiz. Hohlasangiz sedana sepsangiz ham bo’ladi.( man hech nima sepmadim)  Oldindan qizdirib qo’yilgan pechimizga 180 gradusga qo’yamiza. Usti tilla ranga kirguncha.   

  

  

 

O’ziga nisbatan ikki baravar ko’tarilgan. Hidi va mazasi juda yoqimli ham yumshoqqina.  Og’limga juda yoqqan, oyijon juda-juda zo’r non qilibsez deydi. Orasi g’ove-g’ove bo’lib chiqadi.      

   
Yoqimli ishtaha!.
        

        

   

5 thoughts on “4. Sutli non

Comments are closed.

Comments are closed.